First Consultant 2024 yil mart oyida O‘zbekistonda tashkil etilgan ta’lim va viza bo‘yicha maslahat markazi bo‘lib, xorijda o‘qish yoki sayohat qilishni rejalashtirayotgan fuqarolarga keng qamrovli axborot, yo‘l-yo‘riq va hujjatlar tayyorlash bo‘yicha konsultatsiya xizmatlarini taqdim etadi.
Bizning faoliyatimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan mamlakatlarga sayohat va ta’lim vizalariga topshirishni reja qilayotganlarga ishonchli konsultatsiya xizmatiga qaratilgan. Biz talabalar va sayohatchilar uchun eng mos dasturlarni tanlash, hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash va vizaga ariza jarayoni to'ldirishda ko'maklashamiz.
Bizning jamoamizning asosiy maqsadi — mijozlarga xalqaro ta’lim tizimi, o‘quv dasturlari, universitet va kollejlarga qabul jarayonlari bo‘yicha aniq, ishonchli va zamonaviy ma’lumot berish, shuningdek, ularning hujjat tayyorlash va ariza topshirish bosqichlarida yo‘naltiruvchi rolni bajarishdir. Biz har bir talabaning individual ehtiyojini inobatga olib, ularning ta’lim va kasbiy maqsadlariga mos yo‘nalishlarni aniqlashga yordam beramiz.
Shuningdek, biz xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, universitetlar, kollejlari va til maktablari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatishga e’tibor qaratamiz. First Consultant har bir mijozni individual qo‘llab-quvvatlaydi va O‘zbekistonlik yoshlarni global imkoniyatlar sari yetaklashga sodiqdir.