First Consultant — endilikda ICEF tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan rasmiy ta’lim va viza konsultatsiya markazi!
Bu biz uchun katta yutuq, chunki ICEF akkreditatsiyasi — xalqaro miqyosda tan olingan sifat va ishonchlilik belgisi hisoblanadi. Ushbu maqomni qo‘lga kiritish uchun kompaniyamiz bir nechta tekshiruv bosqichlaridan o‘tdi: xizmat sifati, hamkorlik tamoyillari, mijozlar bilan ishlash madaniyati va xalqaro standartlarga muvofiqligi baholandi.
ICEF akkreditatsiyasi bizga dunyo bo‘ylab universitetlar, kollejlari va til maktablari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish, xalqaro konferensiya va ta’lim forumlarida ishtirok etish imkonini beradi.
Bu natija — bizning professionalligimiz, halollik tamoyillarimiz va O‘zbekistonlik talabalar uchun sifatli xalqaro ta’lim yo‘nalishlarini ochishga bo‘lgan sadoqatimizning isboti.
First Consultant — endi nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham ishonchli va tan olingan maslahatchi.
Agar siz bizning akkreditatsiya maqomimizni yoki sertifikatimiz haqiqiyligini tekshirmoqchi bo‘lsangiz, bu ma’lumotni ICEF’ning rasmiy veb-saytidagi maxsus bo‘lim orqali ko‘rishingiz mumkin:
👉 Sertifikat haqiqiyligini tekshirish (ICEF Agency Status)