First Consultant — 2024 yil O‘zbekistonda tashkil etilgan, xalqaro akkreditatsiyaga ega ta’lim bo‘yicha professional konsultatsiya markazi hisoblanadi. Kompaniyamiz Xalqaro tashkilot ICEF tomonidan tekshirilgan va ro‘yxatdan o‘tgan (ICEF Screened Agent) bo‘lib, xalqaro ta’lim muassasalari bilan rasmiy hamkorlik qilish vakolatiga ega.
Biz xorijda o‘qishni rejalashtirayotgan nomzodlarga ta’lim yo‘nalishlari va viza jarayonlari bo‘yicha dolzarb, ishonchli va shaffof axborot taqdim etamiz. Faoliyatimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Avstraliya va boshqa rivojlangan davlatlardagi ta’lim imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi.
First Consultant talabalarga mos o‘quv dasturlarini tanlash, universitet va kollejlarga hujjat topshirish jarayonlari, hamda talaba vizasiga ariza topshirish bosqichlarida maslahat va yo‘naltiruvchi ko‘mak ko‘rsatadi. Har bir mijozning individual maqsadlari inobatga olinib, ularning ta’lim va kasbiy rivojiga mos yechimlar taklif etiladi.
Shuningdek, kompaniyamiz xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, universitetlar, kollejlari va til maktablari bilan uzoq muddatli va ishonchli aloqalarni yo‘lga qo‘yishga intiladi.
Eslatma: First Consultant viza berish bo‘yicha qaror qabul qiluvchi tashkilot emas. Viza bo‘yicha yakuniy qaror tegishli elchixona yoki migratsiya organi tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi.