Biz xalqaro ta’limni rejalashtirayotgan nomzodlarga quyidagi xizmatlarni taqdim etamiz:
🎓 Akademik konsalting
Xalqaro ta’lim muassasalaridagi dasturlarni tanlash, hujjatlarni ta’lim muassasalari talablariga muvofiq tayyorlash hamda qabul jarayonlari bo‘yicha maslahat, yo‘naltirish, va ma'muriy yordam xizmatlari taqdim etiladi.
🛂 Viza bo‘yicha maslahat va yo‘naltirish
Talaba vizalari bo‘yicha ariza shakllarini to‘g‘ri to‘ldirish, elchixona talablariga mos hujjatlar ro‘yxatini shakllantirish va intervyuga tayyorgarlik jarayonida professional maslahatlar beriladi. Viza bo‘yicha yakuniy qaror tegishli elchixona tomonidan qabul qilinadi.
🧑💼 Ta’lim konsultatsiyasi asoslari bo‘yicha o‘quv kursi
Xalqaro ta’lim konsultatsiyasi sohasiga qiziqqanlar uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv kursi umumiy nazariy va amaliy bilimlarni taqdim etib, sohaning asosiy jarayonlari bilan tanishtirishga qaratilgan.